Mohirdev praktikum
Data Science va Sun'iy Intellekt

Kursga yozilish
Mohirdev praktikumda nimalarni o'rganasiz?
— Python Dasturlash Asoslar (4 hafta)
— Data Sciencega kirish va DS metodologiyasi (2 hafta)
— Maʻlumotlar tahlili (Data Analysis) (4 hafta)
— Maʻlumotlarga ishlov berish (4 hafta)
— Vizualizasiya (2 hafta)
— Machine Learning (6 hafta)
— Deep Learning (4 hafta)
— Natural Language Processing (4 hafta)
Kurs nimalarni o'z ichiga oladi
- Video va Interkativ qaydlar (Jupyter Notebooks)
- Matn va maqolalar
- Amaliy mashg'ulotlar
- Test, oraliq va yakuniy nazorat ishlari
- Zoom orqali qo'llab-quvvatlash
- Yopiq guruh
Data Science va Sun'iy Intellekt kurs orqali qanday kasbni egallasa bo'ladi?
Data Science va Sun’iy Intellekt prakitkum kursi o’z ichiga ko’plab kasblarni qamrab oladi, bulardan asosiylari: Data Analyst, Data Engineer, Data Scientist, Machine Learning (ML) Engineer, Deep Learning (DL) Engineer, Artificial Intelligence (AI) Engineer.
Bu sohani nima bilan shug’ullanishiga kelsak, ularni yuqorida sanab o’tgan kasblarimiz misolida ko’rib chiqsak bo’ladi:
- Data Analyst- bu kasb yuqorida sanab o’tgan kasblarimizga kirish qismi bo’lib, bunda turli xil (strukturali, strukturasiz) ma’lumotlarni tahlil qilish va insonlar tushuna oladigan ko’rinishda keltirish asosiy ustuvor vazifadir.
- Data Engineer – bu Data Analyst bilan Data Scientist o’rtasidagi kasb deb qarash mumkin va shug’ullanadigan vazifalari qatoriga: ma’lumotlarni modellar qurishga tayyorlash, ma’lumotlar arxitekturalarini qurish va ularni rivojlantirish, va ma’lumotlarni yanada chuqurroq tahlil uchun keyingi bosqichga tayyorlash.
- Data
Scientist – esa, nafaqat sanab o’tilgan kasblardagi vazifalar balki
undan tashqari mukammal texnikalarni va usullarni qo’llash orqali
ma’lumotlardan turli ma’nolarni va g’oyalarni ajratib olishi zarur bo’ladi.
Bundan tashqari, Data Scientist ML va
DL yordamida turli xil modellar qura
olish kerak bo’ladi. ML, DL, AI Engineer bo’lib faoliyat
yuritadiganlar esa, sun’iy intellekt va o’zini o’zi takomillashtiruvchi modellar
qurish, ularni takomillashtirish hamda boshqarish bilan shug’ullanishadilar
(bularni amalga oshirish uchun, albatta ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan
foydalanishni bilish kerak bo’ladi).
Kurs kimlar uchun mo'ljallangan?
Data Science va Sun’iy Intellekt sohasi deyarli barcha sohaga kirib bordi va bir qismiga aylanib ulgurdi.
Shubha qilayapsizmi?
Unda, o’zingizni sohangizni (ingliz tilida) va (Machine Learning, Deep Learning, Data Science va h.k) kalit so’zlarni birortasi bilan googlega kiritib ko’ring, shunda o’zingiz guvohi bo’lasiz. Bu kursni hamma (kasbidan qati’y nazar) o’rganishini tavsiya qilar edik, sababi bu soha orqali siz o’z kasbingizda yetakchilikga chiqish ehtimoligingiz yuqori. Hamma ham Data Scientist yoki AI engineer bo’lmasligi mumkin, ammo bu sohalarda qo’llanilayotgan texnika va usullarni o’zlarining sohasiga qo’llab ko’rish imkoniga ega bo’lishadi.
Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar








Praktikum ustozlari

Dr. Anvar Narzullaev
Universiti Sains Islam Malaysia oliygohi Kompyuter Texnologiyalari kafedrasi yetakchi mutaxassisi. Janubiy Koreyaning Yeungnam Universiteti Doktoranti (PhD). Mohirdev platformasi asoschilaridan biri. Ilmiy yo'nalishi: Axborot xavfsizligi, Buyumlar Interneti (Internet of Things), yuqori aniqlikdagi navigasiya tizimlari.

Mansurbek Abdullayev
Korea Research Institute of Chemical Technology tadqiqotchi mutaxassis, Janubiy Koreyaning University of Science and Technology oliygohining doktorantura bosqichi talabasi. Ilmiy yo'nalishi: Computational Chemistry, Density Functional Theory calculation va Machine Learning
Data Science va Sun'iy intellekt praktikum kursini tarkibi
Kurs umumiy 7 ta bo’limlardan iborat va qo’shimcha bir qancha bonus bo’limlar ham mavjud.
Bo’limlarga o’tishdan oldin, Python dasturlash tilini bilish talab etiladi. Shuning uchun ham Dasturlash asoslari darsliklari avvaldan qo’yilgan talab.
01. Data Science fani bilan tanishuv.
Kirish: Data Science
Kerakli dasturlar
Data Science metodologiyasi
02. Dasturlash Asoslari. Python
Python sintaksis
O'zgaruvchilar va ma'lumot turlari
if-else shartlar va tarmoqlanish
for va while aylanmalar
Funksiyalar
Object Oriented Programming
Fayllar va xatolar bilan ishlash
03.Ma'lumotlar Tahlili (Data Analysis)
Numpy kutubxonasi bilan ishlash
N-o'lchovli massivlarga ishlov berish, Universal funksiyalar, Massivga yo'naltirilgan dasturlash,
Fayllar bilan ishlash
Chiziqli Algebra asoslari
Pandas kutubxonasi bilan ishlash
Pandas ma'lumotlar tuzilmasi, Indekslash, saralash, filtrlash, Arifmetik amallar, tartiblash, ranking
Ma'lumotlarni umulashtirish va statistik ko'rsatkichlarni olish
04. Ma'lumotlarga ishlov berish (Data Wrangling)
05. Vizualizasiya
06. Machine Learning
07. Deep Learning
08. Natural Language Processing
09. Loyihalar (Projects)
10. Sertifikat
Kursning ochiq qismini ko'rib, ishonch hosil qiling
Sun’iy Intellekt yordamida birinchi loyihangizni yarating
Machine Learning nima?
Supervised Learning nima?
O'quvchilarning fikri
Biz Mohirdev onlayn ta’lim platformasida ilm berishni maqsad qilganmiz.

Azamat
25 yoshdaman Hozirda Janubiy Koreyaning Seul shaxridagi Ire Data System IT kompaniyasida Database Engineer lavozimida ishlab kelmoqdaman. Ushbu kompanyada bir oy internship oʻtab , shu yilning yanvar oyidan buyon toʻliq ishga qabul qilindim. 2021-yil sentyabr oyidan buyon Mohirdevdagi "Data Science va Sun'iy Intellekt" kursida oʻqib kelmoqdaman. Hozirgi ishimni topishimda ushbu kurs ancha foydali bo'ldi. Ustozlarning pedagogik bilimlari juda yaxshi, darslar barcha uchun tushunarli qilib ishlangan.

Farhod
Men bu kursning taqdimotini ko'rganimda, hech ikkilanmay sotib olishga qaror qilganman. Chunki Anvar Narzullayev ustozning bilimlariga hech bir shubxam yo'q va men Data science praktikumda birinchi talabalar safida bo'lganimdan hursandman. O'qishning sifatiga kelsak, men har doim Data science praktikum haqida so'raganlar uchun aytib kelganman va hozir ham aytaman: darslarning sifati a'lo darajada men buni o'z tajribamdan kelib chiqib aytyapman.

Ilhomjon
Kurs haqida fikrim ijobiy! Asli murakkab bo'lgan tushunchalarni ham hamma tushuna oladigon tilda sodda qilib tushuntirilgan. Kutganimdanda a'lo.

Muslimbek
Kurs yaxshi tashkil etilgan, ayniqsa to'ldirib borilayotgani e'tiborga molik. Amaliy mashqlar esa o'rganuvchini oz bo'lsada toblaydi. Maqsadi bor kishi uchun qulay tramplen deya olaman.

Xadiyatillo
Data Science va Suniy intellekt bo'yicha tushuntirib bo'lmas darajada mukammal va arzon kurs.

Taxir
Fikrim ijobiy. Ustozlar har bir savolga javob berishmoqda. Yangi platformaga ham gap yo'q. Videodarslar tushunarli va mohirlik bilan yozilgan.

Shoxrux
Kurslar menga yoqdi, sodda, oson qilib tuzilgan. Ustozlar yaxshi tushuntirishadi, narxi ham ajoyib.

Firdavs
Kurs juda ajoyib ishlab chiqilgan! Juda yaxshi kurs ekan! Bu kursda 0 dan boshlab, professional darajagacha malumotlar ilmini organsa bo'lar ekan. Mohirdev akademiyasi ijodkorlariga omad, Allohim ishlariga rivoj bersin!
Praktikumni sotib olish
Biz Payme va CLICK orqali to’lov qabul qilamiz
Birmartalik to'lov
1,500,000 so'm
- 8ta modulga kirish imkoniyati
- Barcha videolar, matn, maqolalarga kirish imkoniyati
- Zoomda qo'llab-quvvatlash
Kursga yozilish
Ko'p beriladigan savollar
1,5 mln so’m 1 oy uchun yoki 6 oy uchun?
Data Science va Sun’iy Intellekt kursimizning umumiy narxi 1,5 mln so’m. Shu sabab bu summani 6 oy uchun deyishimiz mumkin.
Kursda qatnashish uchun qanday talablar mavjud?
Praktikum kursini boshlashdan oldin siz Python asoslarini bilishingiz kerak. Agar Pythonni bilmasangiz, xavotirga o’rin yo’q. Dasturimizga bepul 1 oylik Python asoslarini qo’shganmiz.
Matematikani bilish talab qilinadimi?
Maktab darjasidagi matematikani bilishingiz yetarli. Hozirgi kutubxona va frameworklar bilan ishlaganda, sizdan minimal matematik bilimlar talab qilinadi.
Qanday kompyuter kerak?
Praktikum kursimizning o’ziga xosligi shundaki, biz o’quv dasturlarimizni virtual kompyuterlarda ishlashga moslashtirganmiz. Ya’ni, siz modellaringizni kompyuterda emas, balki Google tomonidan beriladigan kuchli virtual kompyuterlarda bajarasiz. Bu kompyuterlardan foydalanish esa mutlaqo bepul.
Kurs qanday tartibda o’tiladi?
Kurs onlayn videodarslardan tashkil topgan. Videodarslar platformaga joylashtirilgan. Foydalanuvchilar onlayn videodarslarni ko’rishlari mumkin. Afsuski, darslarni yuklab olish mumkin emas.
Videodarslardan tashqari jonli uchrashuvlar bo’ladimi?
Xa, albatta.Oylik ZOOM uchrashuvlari o’tkaziladi va u yerda o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob topishingiz mumkin.
6 oydan tezroq kursni tugatsam bo'ladimi?
Albatta. Xohlasangiz, bundan kamroq muddatda darslarni ko’rib tugatishingiz mumkin. Lekin biz kursni 4 oy davomida tugatishni tavsiya qilamiz.
Kursdan qancha muddatgacha foydalanish mumkin?
Kurs foydalanish muddati cheklanmagan. Platformadagi videodarslarni istagancha qaytarib ko’rishingiz mumkin.
Kursga qancha vaqt ajratishim kerak?
O’zingizga bog’liq. Haftasiga 10 soat vaqt ajratishni tavsiya qilamiz.
Kursni tugatib, qanday darajaga chiqaman?
Kursimizni tugatib, siz Data Scientist sifatida kompaniyalarda ishlashingiz yoki o’zingizni loyihaningizni boshlashingiz mumkin.
Kursni bitirib qancha daromad topaman?
Buning barchasi o’zingizga bog’liq. Sababi kursdagi bilimlardan tashqari sizning soft skillaringiz – kirishimlilik, jamoada ishlay olish, muammolarga yechim topish kabi ko’nikmalar moashingizni belgilashda katta ro’l o’ynaydi.
Kursni qanday sotib olaman?
Telegram orqali @mohirdevsales ga bog’lanib, kursimizni xarid qilishingiz mumkin.
Menda qo’shimcha savol bor. Siz bilan qanday bog’lanaman?
Bizning raqam: +998 91 005 66 00
Telegram: @mohirdevsales